Gavayida vulqon otildi
Olam
−
24 dekabr
1062Kecha, 23 dekabr kuni AQSHning Gavayi orolidagi Kilauea vulqoni otilishni boshladi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea bir necha oy ichida birinchi marta sodir bo‘lgan. Kilauea vulqoni oxirgi marta 2023 yil iyun oyida otilgan. Vulqon og‘ziga yaqin joyda o‘rnatilgan videokameralarda balandligi 80 metrdan oshadigan lava geyzerlari hosil bo‘lgani suratga tushgan. Bundan oldingi otilishlar bir haftadan bir yilgacha davom etgan.
Vulqon orolning yopiq hududlarida, aholi punktlaridan uzoqda joylashgan. Qayd etilishicha, shu sababdan vulqon aholiga jiddiy xavf tug‘dirmaydi.
Ma’lumot uchun, Gavayi orolida joylashgan Kilauea ( Katta orol deb ham ataladi) Yerdagi eng faol vulqonlardan biri hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islandiyadagi Reykyanes yarimorolida ham vulqon otilgandi. Favqulodda vaziyatlar xizmati ushbu hodisa sababli favqulodda holat e’lon qilgan va Grindavik shahri va mashhur “Moviy ko‘l” geotermal dam olish majmuasi aholisini evakuatsiya qilgandi.