Yava orolidagi eng baland vulqon otildi

Olam

image

Bugun, 9 aprel kuni Indoneziyaning Sharqiy Yava provinsiyasida Semeru vulqonining kamida to‘rtta otilishi qayd etildi. Bu haqda vulqon faolligini kuzatish posti ma’lumotlariga tayanib, “Antara” xabar berdi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, kul ustuni vulqon krateridan ming metr balandlikka (dengiz sathidan 4 676 metr balandlikka) ko‘tarilgan. Rasmiylar mahalliy aholi va sayyohlarga qizigan toshlar otilishi xavfi tufayli kraterga 5 kilometrdan kam masofaga yaqinlashmaslikni tavsiya qilgan.

Qayd etilishicha, otilish vaqtida vulqondan shimoli-sharqiy yo‘nalishda oq va kulrang kul ko‘tarilgan.

Ma’lumot uchun, Semeru Indoneziyadagi to‘rtinchi eng katta vulqon va Yava orolidagi eng baland nuqta hisoblanadi. Uning balandligi dengiz sathidan 3 676 metrga yetadi. Bundan oldin Semeru joriy yilning 13 fevral kuni otilgan. O‘shanda kuzatuv posti bir sutka ichida beshta otilishni qayd etgan. Eng kuchli kul chiqishi vulqon cho‘qqisidan 1 ming metr balandlikka ko‘tarilib, shimoli-sharqqa tarqalgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kolumbiyaning shimoli-g‘arbiy qismida loy vulqoni otilgan edi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya vulqon Semeru Yava

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing