Gavanadagi mehmonxonada portlash. 22 kishi qurbon bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 6 may kuni Gavana Kapitoliysi qarshisidagi Saratoga mehmonxonasida kuchli portlash yuz berdi. Oqibatda 22 kishi qurbon bo‘ldi, 64 kishi jarohatlandi. Kuba rahbariyati terakt bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminlarni rad etdi. Respublika Prezidenti Migel Dias-Kanel voqeani baxtsiz hodisa deb atadi. 

Halokat joyida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. 

Binoning kamida ikki qavati vayron bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, bu gaz portlashi bo‘lishi mumkin. Qayd etilishicha, mehmonxonada ochilishga hozirlik ko‘rilgan, gaz uskunalarini sozlash ishlari olib borilgan. Yaqin atrofdagi maktabdan o‘quvchilar evakuatsiya qilingan. 

“Tergov davom etmoqda va hamma narsa portlash baxtsiz hodisa natijasida sodir bo‘lganini ko‘rsatmoqda”, deyiladi Hukumat xabarida. 

Boliviya Prezidenti Luis Arse, Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro va Nikaragua rahbari Daniel Ortega portlash munosabati bilan Kuba hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi. 

"Biz birodarimiz Migel Dias-Kanel va Kuba xalqiga Saratoga mehmonxonasida sodir bo‘lgan va o‘nlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan portlash munosabati bilan birdamligimizni bildiramiz. Qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik izhor etamiz", deya yozadi Twitter’da Arse.  

Fojia munosabati bilan Chili hukumati ham hamdardlik bildirgan.  

“Chili hukumati bugun Saratoga mehmonxonasida yuz bergan dahshatli portlash uchun motam tutadi”, deyiladi Janubiy Amerika tashqi ishlar vazirligi bayonotida. 


Maqola muallifi

Teglar

Portlash Gavana

Baholaganlar

45

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing