Kashmirdagi portlashda to‘qqiz kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
15 noyabr 2025 2897 1 daqiqa
Kecha, 14 noyabr kuni kechqurun Hindistonning shimolidagi Jammu va Kashmir mintaqasida joylashgan Novgama aholi punktidagi politsiya bo‘limida yuz bergan portlash oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, yana 29 kishi jarohatlandi. Bu haqda NDTV xabar berdi.
Portlash mutaxassislar yaqinda Haryana shtatidagi Faridobod shahridan olib kelingan musodara qilingan portlovchi moddalarni ko‘zdan kechirayotgan paytda yuz bergan. Jarohatlanganlar Hindiston armiyasining 92-bazasi gospitaliga va Sher-i-Kashmir tibbiyot institutiga yetkazilgan.
Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning aksariyati portlovchi moddalarni tekshirayotgan politsiya xodimlari va kriminalistika bo‘limi mutaxassislari bo‘lgan. Portlash oqibatida Srinagar ma’muriyatining ikki nafar rasmiysi ham vafot etgan. Ungacha Novgama politsiya bo‘limi “Jaysh-e-Muhammad” terroristik guruhiga aloqador shaxslar osgan plakatlarni aniqlagan. Tekshiruv davomida katta miqdorda portlovchi moddalar qo‘lga olingan va guruh faoliyatiga aloqador bir nechta shaxslar ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston poytaxti Dehlida joylashgan Red Fort metrosi yaqinida avtomobil portlab ketgandi. Oqibatda kamida sakkiz kishi halok bo‘lgandi, yana 24 kishi jarohat olgan.
Oradan bir kun o‘tib, Pokiston poytaxti Islomobodda avtomobil portlab ketgan edi. Oqibatda kamida 12 kishi halok bo‘lgan, yana o‘nlab odamlar jarohat olgan. Hukumat va politsiya bu voqeani terrorchilik hujumi deb hisoblagan.
Mohichehra Qadamova
Live
BarchasiUkraina bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi raundi Abu-Dabida 4–5 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi – Kreml
17:12
Toshkentda bank xodimi va MCHJ mas’ul shaxslari 120 ming dollar kreditni qimorga tikib yubordi
16:26