Endi Pokiston poytaxtida portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Bugun, 11 noyabr kuni Pokiston poytaxti Islomobodda avtomobil portlab ketdi. Oqibatda kamida 12 kishi halok bo‘lgan, yana o‘nlab odamlar jarohat olgan. Hukumat va politsiya bu voqeani terrorchilik hujumi deb hisoblamoqda. Bu haqda “Geo” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, portlash Islomoboddagi sud binosi yaqinida to‘xtab turgan avtomobilda yuz bergan. Portlash shu qadar kuchli bo‘lgan-ki, u 6 kilometr uzoqlikdan eshitilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, kamida 12 kishi halok bo‘lgan va 20 dan ortiq odam jarohat olgan. Jabrlanganlarning aksariyati advokatlar va sud xodimlari. Politsiya bu hodisa o‘zini portlatgan terrorchi tomonidan sodir etilgan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilmoqda. Buni Pokiston rasmiylari ham tasdiqlagan.

Pokiston Prezidenti Osif Ali Zardoriy terrorchilik hujumini keskin qoralab, halok bo‘lganlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston poytaxti Dehlida joylashgan Red Fort metrosi yaqinida avtomobil portlab ketgandi. Oqibatda kamida sakkiz kishi halok bo‘lgandi, yana 24 kishi jarohat olgan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Pokiston Islomobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing