Hindiston poytaxtida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Bugun, 10 noyabr kuni Hindiston poytaxti Dehlida joylashgan Red Fort metrosi yaqinida avtomobil portlashi oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana 24 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Times of India” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, halok bo‘lganlarning barchasi shifoxonaga yetkazilgach hayotdan ko‘z yumgan. ANI xabariga ko‘ra, shifoxonaga olib borilganlar orasida uch kishi og‘ir ahvolda. Portlash ortidan yong‘in ham yuzaga kelgan, oqibatda yaqin atrofda turgan bir nechta mashinalar ham zararlangan.

Portlashdan so‘ng Dehlida favqulodda tayyorgarlik rejimi e’lon qilingan. Hodisaning sababi hozircha noma’lum. Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash metroning 1-sonli kirish qismi yaqinida sodir bo‘lgan.

“Bizga Chandni Chowk metrosi yaqinida avtomobil portlagani haqida xabar keldi. Biz darhol javob choralarini ko‘rdik va hodisa joyiga yettita texnika yuborildi. Soat 19:29 da yong‘in nazorat ostiga olindi”, deydi yong‘in xavfsizligi xizmatining o‘rinbosari ANI’ga bergan izohida.

Politsiya hozircha hodisa tafsilotlarini oshkor qilmagan. Surishtiruv davom etmoqda.

Portlashdan so‘ng poytaxtga tutash Uttar-Pradesh shtatida ham qizil darajadagi xavf rejimi e’lon qilingan. General-gubernator Amitabh Yashning ma’lum qilishicha, Bosh prokuratura barcha yuqori lavozimli mansabdorlarga muhim diniy ob’ektlar, notinch hududlar va chegara tumanlarida xavfsizlik choralarini kuchaytirishni buyurgan. Politsiya shtatning barcha tumanlarida yuqori shay holatga keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Kojaeli viloyati shimoli-g‘arbida atir ishlab chiqaruvchi fabrikada kuchli portlash sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgan.  


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston portlash Dehli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing