Turkiyada atir fabrikasi portlab ketdi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Bugun, 8 noyabr kuni Turkiyaning Kojaeli viloyati shimoli-g‘arbida atir ishlab chiqaruvchi fabrikada kuchli portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgan. Bu haqda “Sabah” xabar berdi.

Qayd etilishicha, portlash to‘lqini yirik yong‘inga sabab bo‘lgan, oqibatda butun bino alanga ichida qolgan. Yong‘in o‘chirilgach, qutqaruvchilar halok bo‘lganlarning jasadlarini topgan.

Hozirda jabrlanganlarning soniga aniqlik kiritilmoqda. Hozircha olti kishi halok bo‘lgani va bir kishi jarohat olgani ma’lum. Yong‘in sabablari noma’lum bo‘lib, tergov davom etmoqda.

“Sabah” nashrining xabariga ko‘ra, viloyat hokimi bayonotida yong‘in to‘liq bartaraf etilgani, hozirda binoda sovitish ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingan. Tergov guruhi falokat sabablari va tafsilotlarini aniqlash ustida ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziya poytaxti Jakartada juma namozi paytida maktab kompleksi ichidagi masjidda portlash sodir bo‘lgandi va buning oqibatida ko‘plab odamlar jarohatlanib, shifoxonalarga yotqizilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Kojaeli atir fabrikasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing