G‘arbning Rossiyani mag‘lub etish istagi umidsiz – Orban

Olam

image

G‘arbning Ukrainadagi mojaroda Rossiyani mag‘lub etish istagi umidsiz. Bu haqda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban “Kosut” radiostansiyasining ertalabki dasturida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

Orban tonggi dasturdagi chiqishida anchadan buyon aytib kelayotgan fikrlarini yana takrorladi. U G‘arb Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi mojaroda hech qachon o‘z maqsadlariga erisha olmasligi va Vengriyada NATOning Ukrainadagi harbiy missiyasida qatnashish istagi yo‘qligini aytdi.

“Rasmiy Budapesht buning uchun o‘z qo‘shinlari, qurol-yarog‘i yoki moliyaviy resurslarini Kiyevga yubormaydi”, deya qo‘shimcha qildi Vengriya Bosh vaziri.

Viktor Orban mazkur neytralitet borasida alyans Bosh kotibi Yens Stoltenberg va uning vorisi sifatida ko‘rilayotgan hamda hozirda Niderlandiya Bosh vaziri vazifasini bajarayotgan Mark Ryutte bilan kelishib olganini esladi.

Shuningdek, Vengriya hukumat rahbari G‘arb davlatlarining mojaroga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuvidan norozi. Unga ko‘ra, NATO a’zolari front chizig‘iga yaqinlashgan holda, ayni damda Ukrainadagi urushga bevosita aralashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, dastlab uch davlat Turkiya, Vengriya va Ruminiya yangi rahbarga nisbatan o‘z e’tirozlarini bildirgandi va bu nomzodga qarshi edi. Mark Ryutte esa norozi tomonlar bilan birma-bir konsensusga erishish yo‘lidan bordi. Vengriya bilan vaziyat biroz murakkabroq edi. Biroq 18 iyun kuni Gollandiya Bosh vaziri Vengriya hukumatidan Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni talab qilmasligiga va’da berganidan keyin Budapesht ham o‘zining bu boradagi dastlabki pozitsiyasini o‘zgartirdi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO G'arb Orban Mark Ryutte

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing