G‘arb Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda – Orban
Olam
−
24 may
11868Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Bryussel NATOning Ukrainadagi harbiy missiyasini rejalashtirayotganini aytdi. Bu haqda u “Kossuth” radiosi efirida so‘z ochdi.
"Ishchi guruhlar NATO bu urushda qanday ishtirok etishi mumkinligi ustida ishlamoqda", deydi Orban.
Siyosatchi Budapesht blok mamlakatlarini Ukraina mojarosiga bevosita jalb etishi va Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv boshlashi mumkin bo‘lgan NATO harakatlarida ishtirok etish niyatida emasligini tasdiqladi.
Vengriya Bosh vaziri NATOning e’lon qilingan mudofaa xarakterini eslatib, alyansga hech kim hujum qilmaganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina mojarosi faqat Kiyev va Moskvaga tegishli va “Rossiya tahdidi” haqidagi gaplar G‘arb va Yevropa tomonidan “urushga kirishishga tayyorgarlik ko‘rish” manyovrlari sifatida qabul qilinishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron 2 may kuni Kiyevga safari chog‘ida Ukraina Rossiya hududiga zarba berish uchun Britaniya qurollaridan foydalanishi mumkinligini aytgandi. AQSHda esa bir guruh qonunchilar Prezident Jo Bayden ma’muriyatidan Ukrainaga Rossiya hududiga Amerika qurollaridan foydalangan holda zarbalar berishga ruxsat berishni talab qildi. 22 may kuni AQSH Kongressi Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasi rahbari Maykl Makkol AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenni Kiyevga Rossiya hududiga Amerika qurollari bilan zarba berish taqiqini bekor qilishga chaqirib, unga AQSH tomonidan taqdim etilgan ATACMS raketalari bilan qoplanishi mumkin bo‘lgan Rossiya hududi xaritasini ko‘rsatdi. “The New York Times” esa Blinken o‘tgan haftadagi Kiyevga "kutilmagan tashrif"idan so‘ng Amerikaning Rossiya hududiga qurolli zarbalarini taqiqlash masalasi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirib, Oq uyga Rossiyaga qarshi zarba berish taqiqini bekor qilishni taklif qilganini yozdi. Fransiya yadro kallagini olib yura oladigan raketaning ilk sinovini amalga oshirdi.
LiveBarchasi