G‘arb Rossiyani MDH davlatlari bilan yovlashtirishga urinmoqda – Lavrov

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G‘arb Rossiyaning MDH davlatlari bilan aloqalarini uzishga urinayotganini aytdi.

Uning fikricha, "G‘arbning eng katta qo‘rquvi va Rossiyaga qarshi energiyasi, albatta, postsovet hududlarida to‘plangan".

Federatsiya Kengashidagi “hukumat soati”da Lavrov G‘arb davlatlari sobiq SSSR respublikalari o‘rtasidagi aloqalarni buzmoqchi ekanini ta’kidladi. Vazir G‘arb ushbu davlatlarning qaror qabul qilish mexanizmlariga ham kirib borishga harakat qilayotganini da’vo qildi.

“Biz ittifoqchilarimiz bilan bu haqda ochiq gaplashamiz, ularning katta qismi, bizningcha, G‘arbning "qora niyati"dan boxabar”, deydi Lavrov.

"Ularning ustuvor vazifasi sobiq ittifoq respublikalarini yovlashtirishdir. Bu milliy iqtisodiy kompleksni yo‘q qilish, huquqni muhofaza qilish sistemasi, shuningdek, umumiy xavfsizlik tizimini yo‘q qilish, degani", deydi u.

Eslatib o‘tamiz avvalroq Lavrov G‘arbning sanksiyalar bo‘yicha Markaziy Osiyodagi harakatlarini beadablik deb atagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya MDH Sergey Lavrov G'arb

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing