G‘arb Rossiya borasida muhim bayonot berdi

Olam

image
0:00
0:00
download
Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlar halokatli ravishda yomonlashdi — Medvedev north_east

Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlar halokatli ravishda yomonlashdi — Medvedev

AQSH va 30 ga yaqin Yevropa davlatlarini birlashtirgan harbiy alyans — NATO Rossiya bilan muloqotga tayyor va tegishli takliflarni bildirgan, ammo munosabatlarni yaxshilashning kaliti Moskvada. Bu haqda bugun, 1 iyun kuni Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maas NATO Tashqi ishlar vazirlarining virtual uchrashuvidan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Biz (NATO a’zolari — tahr.) bugun Rossiya bilan munosabatlarimizni muhokama qilamiz. Bizning signalimiz aniq: biz muloqotga tayyormiz va takliflar ham bildirdik, ammo aloqalarni yaxshilashning kaliti shubhasiz Moskvada”, deya ta’kidladi Xayko Maas.

U, shuningdek NATO hozirgi zamon talablari nuqtai nazaridan o‘z “siyosiy mushaklarini kuchaytirishi” kerakligini ta’kidlagan.

Bugun, 1 iyun kuni NATOga a’zo mamlakatlarning Tashqi ishlar va Mudofaa vazirlarining uchrashuvlari telekonferensiya shaklida bo‘lib o‘tmoqda. Odatda alyans bir kunning o‘zida ham Tashqi ishlar, ham Mudofaa vazirlarining uchrashuvlarini o‘tkazmaydi va bu safargi qaror NATOning 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan sammiti bilan bog‘liq bo‘lib, unda AQSHning yangi Prezidenti Jo Bayden birinchi marta ishtirok etadi. 

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning ma’lum qilishicha, vazirlar asosiy e’tiborni davlat va hukumat rahbarlari o‘rtasida 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishga qaratadi. 

Qayd etilishicha, 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan sammitning kun tartibiga 23 may kuni Minskga “Ryanair” samolyotining majburan qo‘ndirilishi fonidagi Belarus, Ukrainadagi mojaro, shuningdek, NATOning Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqish to‘g‘risidagi qaroridan keyin ushbu mamlakatdagi holat kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO

Baholaganlar

410

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing