Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlar halokatli ravishda yomonlashdi — Medvedev

Olam

image
0:00
0:00
download

So‘nggi yillarda Rossiyaning G‘arb davlatlari, shu jumladan AQSH va Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlar keskin yomonlashdi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev “Kommersant” gazetasiga bergan intervyusida gapirib o‘tdi.

“So‘nggi yillarda Rossiyaning G‘arb davlatlari, shu jumladan AQSH va Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari keskin yomonlashdi, ammo bu Rossiyaning tashabbusi bilan bo‘lmadi. Rossiyaga Yevropa Ittifoqi va AQSH hamda qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli aloqalar kerak”, degan intervyu davomida Medvedev.

Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, bu keskinlik dunyodagi umumiy vaziyatga qattiq ta’sir qiladi.

"Menimcha, bu iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda juda yomon, bu ketishda har ikki tomon ham ko‘p narsani yo‘qotadi. Shuning uchun Rossiya va G‘arb hamkorlikning barqaror tamoyillariga o‘tishi lozim. Umid qilamanki, bu Rossiyaning tashqi siyosiy faolligi natijasida vujudga keladi”, deya ta’kidlagan Medvedev.

 

Sardor Ali Nurmatov


Maqola muallifi

Teglar

Medvedev

Baholaganlar

195

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing