G‘arb davlatlari Rossiyani bankrotga chiqarsa, Moskva nima qilishi aytildi

Olam

image

Agar G‘arb Rossiya Federatsiyasi yevrobondlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagani uchun uni defolt bo‘lganini e’lon qilsa, Moskva sudlarga murojaat qiladi. Bu haqda Rossiya Moliya vaziri Anton Siluanov “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Albatta, biz sudga murojaat qilamiz, chunki investorlar o‘z to‘lovlarini olishlari uchun barcha zarur choralarni ko‘rdik. Biz sudda xorijiy valyutada ham, rublda ham to‘lash uchun harakat qilganimizni tasdiqlovchi to‘lov topshiriqlarimizni taqdim etamiz. Bu oson jarayon bo‘lmaydi. Biz barcha qiyinchiliklarga qaramay, haqligimizni faol isbotlashimiz kerak”, deydi Siluanov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb mamlakatlari sud tizimining xolisligi shubha ostida, chunki hozirgi inqiroz G‘arbning demokratiya va xususiy mulk daxlsizligiga asoslangan poydevori vayron bo‘lganini ko‘rsatgan.

RF davlat qarzi

Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 1 fevral holatiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining tashqi davlat qarzi 59,5 milliard dollarni tashkil etadi, shu jumladan tashqi obligatsiyalar bo‘yicha qarz - 38,97 milliard dollar. Jami Rossiyada 2022 yildan to 2047 yilgacha to‘lanishi kerak bo‘lgan 15 faol obligatsiyali kredit mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

3035

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing