G‘arb bizni aldadi – Patrushev

Olam

image

G‘arb davlatlari Moskva bilan sheriklik munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarni bajarmoqchi emas, ular faqat Rossiyaning qulashini orzu qilmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Chelyabinskda milliy xavfsizlikka bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘z ochdi. 

U o‘tgan yillar davomida G‘arb davlatlari rahbarlari Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun og‘zaki va’dalar bergani yoki turli hujjatlarni imzolaganiga e’tibor qaratdi. 

“Ammo, ba’zi G‘arb rahbarlarining so‘nggi bayonotlari ko‘rsatganidek, ular faqat o‘zlarining g‘arazli maqsadlarini ko‘zlab, bizni ataylab aldashdi. Ular erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni niyat qilishmagan va amalga oshirishni ham niyat qilmayaptilar ham. Ular Rossiyaning qulashini orzu qilgan va hozir ham orzu qilishda davom etmoqda”, deydi Patrushev. 

Uning eslatishicha, G‘arb davlatlari NATOning Sharqqa kengaytirilmasligi haqida gapirgan, biroq harbiy infratuzilmani Rossiya chegaralariga yaqinlashtirishgan.  

“Ular amalga oshirishni rejalashtirmagan Minsk kelishuvlarini imzoladilar. Va 2014 yildan boshlab ular Ukrainani Rossiya bilan urushga tayyorlab, uni NATO manfaatlariga to‘liq bo‘ysunuvchi, Rossiyaga qarshi harbiylashgan davlatga aylantirdilar”, deydi u. 


Maqola muallifi

Teglar

Nikolay Patrushev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing