Qozog‘iston Prigojinning o‘ldirilishiga aloqadorligi rostmi?
Olam
−
22 dekabr 2023
15247Avvalroq “The Wall Street Journal” nashri Yevgeniy Prigojinning o‘ldirilishini Rossiya Xavfsizlik Kengashi rahbari Nikolay Patrushev uyushtirgani va bunda u Qozog‘iston hukumati bilan bog‘langani haqida maqola e’lon qilgandi. Qozog‘iston rahbarining maslahatchisi va matbuot kotibi Berik Ualining ma’lum qilishicha, Nikolay Patrushev “Vagner” qo‘zg‘oloniga urinish paytida Qozog‘iston hukumati bilan bog‘langani haqidagi da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
“The Wall Street Journal” manbalariga ko‘ra, Patrushev go‘yoki vaziyatni hal qilish uchun vositachilar izlagan va Qozog‘iston va Belarus rahbarlariga qo‘ng‘iroq qilgan.
Qozog‘iston rasmiylariga qo‘ng‘iroq, agar Rossiya Qurolli kuchlari “Vagner”ni qaytarishga qodir bo‘lmasa, voqealarning mumkin bo‘lgan salbiy rivojlanishi bilan bog‘liq.
Bu holatda Qozog‘iston 2022 yil yanvaridagi tartibsizliklar paytida Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti kuchlarining respublikaga kirishi uchun o‘zaro manfaatdorlik sifatida yordam berishi kerak edi.
Gazetaning yozishicha, Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayev bunga rad javobini bergan.
"Bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", deya Uali so‘zlaridan iqtibos keltiradi “TengriNews” agentligi.
LiveBarchasi