G‘arb hujum qilsa, Belarus va Rossiya yagona harbiy bazaga aylanadi – Lukashenko

Olam

image

Zarurat tug‘ilsa, Belarus G‘arb tajovuziga qarshi turish uchun Rossiya Federatsiyasi bilan yagona harbiy bazaga aylanadi. Bu haqda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko AQSHning CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan. 

“Agar kerak bo‘lsa, Belarus Rossiya va Belarusning yagona bazasiga aylanadi. Harbiy baza. Sizning tajovuzingizga qarshi turish uchun”, degan Prezident. 

Shuningdek, jurnalist Lukashenkoga “Belarus hududida hozirda harbiy ob’ektlar bormi”, deya savol bergan. 

“Hech bir davlatning, shu jumladan Rossiyaning bazasi yo‘q. Faqat ikkitasi bundan mustasno. Bu sizning hududingizdan yadroviy raketalar uchirilishini oldindan aniqlash uchun Sovet davridagi baza. Ikkinchi baza bu Rossiya Qurolli Kuchlari Atlantikadagi o‘z floti bilan aloqa qiladigan baza. Mana, barcha bazalar. U yerda 30-40 odam xizmat qiladi, bizning odamlarimiz. Ikki yoki uchta rus ofitseri, qolganlari bizning harbiy xizmatchilar. Bu yerda boshqa hech qanday baza yo‘q”, degan Lukashenko. 

Avvalroq, Lukashenko CNN telekanaliga bergan intervyusida muxolifat vakili Svetlana Tixanovskayani muhokama qilishni xohlamagani haqida xabar bergandik.  


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Belarus' Lukuashenko

Baholaganlar

212

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing