Shuhrat G‘aniyevning Matbuot kotibi lavozimini tark etdi

Jamiyat

image
G‘aniyevning Matbuot kotibi “janozasini o‘qimaysanmi” degan gapni izohladi north_east

G‘aniyevning Matbuot kotibi “janozasini o‘qimaysanmi” degan gapni izohladi

Farg‘ona viloyati hokimligi Matbuot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov lavozimini tark etdi. Jurnalist viloyat hokimligi muassisligidagi “Farg‘ona haqiqati” – “Ferganskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyatining bosh muharriri etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA yozmoqda. 

Farg‘ona viloyati hokimligi muassisligidagi “Farg‘ona haqiqati” gazetasi 1917 yilning 14 oktyabridan chiqa boshlagan. Uning tarixi Qo‘qon shahrida “El bayrog‘i” nomi bilan paydo bo‘lgan gazetaga borib taqaladi. Gazeta 1921 yil may oyidan “Mehnat bayrog‘i”, so‘ngra “Farg‘ona”, 1926 yil 22 oktyabrdan esa “Yangi Farg‘ona” nomi bilan chop etilgan.

1938 yil boshida Farg‘ona viloyati tashkil etiladi va shu yilning may oyidan viloyat gazetasi “Kommuna” nomi bilan chiqa boshladi. 1993 yil dekabrdan hozirgi nomi bilan chop etib kelinmoqda. 2012 yilda tahririyat “Oltin qalam” tanlovining bosh milliy mukofotini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Farg‘ona haqiqati” –“Ferganskaya pravda” gazetalari tahririyatining bosh muharriri Gulbahor Saidg‘aniyeva O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati etib saylandi. Shu bois bu lavozim bo‘sh qolayotgan edi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Muhammadjon Obidov Farg‘ona viloyati hokimi Matbuot kotibi lavozimini egallaganiga ko‘p bo‘lmagan edi. Ammo, qisqa vaqt ichida internet-saytlar, ijtimoiy tarmoqlarning “yulduz”iga aylandi. U matbuot kotibi bo‘lib ishlagan davrda Farg‘ona viloyati hokimining “blogerning janozasini o‘qimaysanmi” deya tushanilgan audioyozuvi tarqaldi. Obidov esa tezkor reaksiyaga kirishib, ushbu ovoz pranker mahsuli va bu ishning ortida “Ozodlik” radiosi turganini aytib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay, uning iddaolari isbotini topmadi. Bosh prokuratura ovoz haqiqatan ham G‘aniyevga tegishli ekanini dalilladi

Oxirgi vaqtlarda esa hokim Shuhrat G‘aniyevdanda ko‘proq, Matbuot kotibi Muhammadjon Obidovga nisbatan e’tirozlar ortdi. Ayniqsa, hokimning bolalar bog‘chasi xonalarida. Gilam ustida poyabzali bilan yurgani tasvirlangan surat hokimlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali tarqatilgach, jurnalist va blogerlar hokimlik Matbuot xizmati rahbarini o‘zgartirish taklifi bilan chiqishdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shuhrat G'aniev Muhammadjon Obidov

Baholaganlar

304

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing