Gandbol. O‘zbekiston Osiyo chempionatida 8-o‘rinni egalladi

Sport

image

Saudiya Arabistonida gandbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani sakkizinchi pog‘onada tamomladi.

Yettinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda Kuvayt  vakillariga qarshi bahs olib borgan o‘zbekistonlik gandbolchilar murosasiz kechgan bahsda 30:32 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqani sakkizinchi o‘rinda yakunladi.

Bugun, 31 yanvar kuni Qatar va Bahrayn jamoalari oltin medal masalasini hal qilishadi. Uchinchi o‘rin uchun esa Eron va Saudiya Arabistoni bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, ushbu musobaqa Saudiya Arabistoni gandbol federatsiyasi (SAHF) tomonidan tarixda ikkinchi marta tashkil etildm. Shuningdek, u 2023 yilgi erkaklar o‘rtasidagi gandbol bo‘yicha jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o‘tab beradi. Ya’ni chempionatning eng yaxshi beshta jamoasi Polsha va Shvetsiya mamlakatlari mezbonlik qiladigan dunyo birinchiligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Quvayt Saudiya Gandbol

Baholaganlar

15

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing