Gandbol: O‘zbekiston ayollar terma jamoasi rasman JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Sport 1291
image

Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Iordaniyada o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi va Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. 

JCH yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda O‘zbekiston Gongkong terma jamoasiga qarshi maydonga chiqdi. Keskin va murosasiz kechgan o‘yinda Zafar Azimov shogirdlari 28:25 hisobida g‘alaba qozondi. Ta’kidlash joiz, guruh bosqichi doirasidagi o‘zaro o‘yinda gonkongliklar zafar quchgandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Iordaniyani mag‘lub etib, kuchli oltilikdan o‘rin olgan o‘zbekistonlik gandbolchilar JCHga yo‘llanma olishi kerak edi. Biroq Xalqaro gandbol federatsiyasi ushbu musobaqa uchun ajratilgan kvotani beshtaga qisqartirdi. Oltinchi yo‘llanma esa, Xitoy terma jamoasiga taqdim etilgan. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi o‘z tarixida ikkinchi bor mundialda ishtirok etadi. Bunga qadar, terma jamoa 1997 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etib, 21-o‘rinni egallagan edi.

Humoyun Oripov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 27
Reyting: 3
t
×