G‘alaba hech narsani o‘zgartirmaydi – Anchelotti
Sport
−
12 fevral 2789 1 daqiqa
“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 20 fevralga o‘tar kechasi Madridda bo‘lib o‘tadigan “Manchester Siti”ga qarshi 2024/2025 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Vaziyat o‘sha-o‘sha. “Siti”ning mag‘lubiyati keyingi o‘yinda qanday o‘ynash haqidagi fikrlarimizni o‘zgartira olmaydi. Bizda shunchaki kichik ustunlik bor, lekin bu hech narsani o‘zgartirmaydi. Ikkinchi o‘yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Biz uchun mavsum endi boshlanmoqda”, deydi Anchelotti.
Jamoalar o‘rtasidagi Manchesterda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yin 3:2 hisobida madridliklar foydasiga hal bo‘ldi. O‘yin davomida “shaharliklar” ikki marta oldinga chiqib oldi, ammo ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda gol o‘tkazib yuborib, durang natijani saqlab qola olmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Siti” ustozi Pep Gvardiola uchrashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.
Gvardiolaga ko‘ra, hozirgi “Siti”da oldingiday barqarorlik yo‘q.
Live
Barchasi