Gvardiola nima sabab Mourino haqidagi filmda ko‘rinish bermagan?

Sport

image

Joriy yilning, 11 avgust kuni Netflix striming platformasi “Real Madrid” bosh murabbiyi Joze Mourino haqida uch qismdan iborat hujjatli filmni namoyish etdi. Gvardiola Mourino haqidagi ushbu filmda yagona sharti bajarilmagani uchun suratga tushmagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

“Barselona”, “Bavariya” va “Manchester Siti” klublarini boshqargan Xosep Gvardiola ham loyihada ishtirok etishga tayyor bo‘lgan. Biroq ispaniyalik mutaxassis yakunda filmda qatnashmagan.

Loyiha rejissyori Jo Perlmanning so‘zlariga ko‘ra, ijodkorlar Gvardiolaga intervyu berish taklifi bilan murojaat qilgan. Murabbiy taklifni qabul qilgan, ammo bir shart qo‘ygan.

“Ha, biz Pep bilan bog‘landik. U intervyuga rozi bo‘ldi, lekin Joze unga shaxsan murojaat qilishi shartligini aytdi. Bu qanday yakunlanganini tasavvur qilishingiz mumkin”, deydi Perlman.

Ma’lumot uchun, Mourino va Gvardiola uzoq yillar davomida Ispaniya La Ligasi va Angliya Premer-ligasida ashaddiy raqib bo‘lib kelgan. Ularning raqobati futbol tarixidagi eng mashhur murabbiylik qarama-qarshiliklaridan biri hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing