Gaitida jinoiy guruhlar Prezident saroyiga hujum qildi
Olam
−
09 mart
5137Gaitida qurolli bandit guruhlari hukumat binolari, politsiya idoralari, Ichki ishlar vazirligi va poytaxt Port-o-Prensdagi mamlakat Prezidenti saroyiga hujum qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum muvofiqlashtirilgan va tezkor bo‘lgan. Turli hukumat binolari va politsiya bo‘limlariga bir vaqtning o‘zida hujum uyushtirilgan. Butun shaharda otishma ovozlari eshitilgan.
“Biz vaziyatni imkon qadar tezroq nazoratga olishga intilyapmiz hamda barcha imkoniyatlarimizni ishga soldik”, deydi CNN manbasi.
ABC manbasining aytishicha, hujumchilar hozirda chekingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10 dan ortiq bandit yo‘q qilingan. Politsiya qurbonlari haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Gaiti Bosh vaziri Ariel Anri yo‘qligida “Barbekyu” laqabli sobiq politsiyachi Jimmi Sherize unga qarshi urush e’lon qilgandi. 2 mart kuni to‘dalar Port-o-Prensdagi bir necha politsiya bo‘limlari hamda ikkita qamoqxonaga hujum qildi, ulardan bir necha ming mahbus ozod qilindi.
Shundan so‘ng, hukumat favqulodda holat va komendantlik soati e’lon qildi. Ushbu favqulodda holat va komendantlik soati bugun 3 aprelgacha uzaytirildi.
LiveBarchasi