Gaitida jinoiy guruh yuzlab qariyalarni afsungarlikda ayblab o‘ldirib yubordi

Olam

image

Gaiti poytaxti Port-o-Prensdagi jinoiy guruh a’zolari 110 kishini o‘ldirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Inson huquqlarini himoya qilish milliy tarmog‘i (RNDDH) mahalliy jinoiy to‘da rahbari o‘g‘li kasal bo‘lib, vafot etganidan keyin ularni yo‘q qilganini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, jinoiy guruh rahbari yordam so‘rab ruhoniyga murojaat qilgan, u bolaning sirli kasalligida jodugarlik bilan shug‘ullanadigan keksa mahalliy aholini ayblagan.

Xabarlarga ko‘ra, jinoiy guruh a’zolari 60 yoshdan oshgan yuzlab aholini uylaridan o‘g‘irlab ketgan, ularni o‘rab olishgan, so‘ngra pichoq va miltiq bilan otib o‘ldirishgan. Aholining xabar berishicha, ko‘chalarda parchalangan jasadlar yoqib yuborilgan.

Inson huquqlari tashkilotlarining aytishicha, qotilliklarning tashkilotchisi Mikano nomi bilan ham tanilgan Monel Feliks.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan beri Gaitida to‘dalar zo‘ravonligining kuchayishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5000 taga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 oktyabr kuni markaziy Gaitida qurolli to‘da hujumi oqibatida 70 kishi halok bo‘lgandi. Hujum oqibatida kamida 16 kishi, jumladan, ikki to‘da a’zosi Gaiti politsiyasi bilan otishma chog‘ida jiddiy jarohat olgan. Ular kamida 45 uy va 34 avtomobilni yoqib yuborgan. Zo‘ravonlik tufayli 6 mingdan ortiq odam o‘z uylarini tark etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Gaiti Birlashgan Millatlar Tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing