Gaiti Prezidentining o‘ldirilishida qatnashgan to‘rt kishi yo‘q qilindi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Gaiti huquqni muhofaza qilish idoralari mamlakat Prezidenti Jovenel Moizning o‘ldirilishida ishtirok etgan to‘rt nafar yollanma qotilni yo‘q qildi va yana ikkitasini hibsga oldi. Bu haqda Gaiti Milliy politsiyasi rahbari Leon Sharl davlat televideniyesida chiqish paytida aytib o‘tgan.  

“Ulardan to‘rt nafari o‘ldirildi, yana ikkitasi bizning nazoratimizda va so‘roq qilinmoqda. Garovga olingan uch politsiyachi ozod qilindi”, degan u. 

Avvalroq, Moizni o‘ldirishda gumon qilingan shaxslar hibsga olingani haqida xabar bergandik.  

Eslatib o‘tamiz, 7 iyulga o‘tar tunda Gaiti Prezidenti Jovenel Moiz mamlakat poytaxti Port-o-Prenseda joylashgan Pelerin qarorgohida o‘ldirib ketildi. Respublika Bosh vaziri Klod Jozefning so‘zlariga ko‘ra, hujumni amalga oshirgan noma’lum shaxslar guruhining ba’zilari ispan tilida gaplashgan. Gaitida esa fransuz tili rasmiy til hisoblanadi, lekin aholining deyarli hammasi gaiti kreol tilida gaplashadi.  

Ma’lumot o‘rnida, muvaqqat Prezident saylangunga qadar mamlakat Bosh vazir boshchiligidagi Vazirlar Kengashi tomonidan boshqariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Gaiti

Baholaganlar

256

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing