Gaiti Prezidentini o‘ldirishda ayblanayotgan shaxslar AQSH ma’lumotchilari bo‘lgan
Olam
−
13 iyul 2021
8141Gaiti Prezidenti Jovenel Moizga suiqasd qilishda ayblanayotgan bir nechta gumonlanuvchilar avval AQSH huquqni muhofaza qilish idoralari ma’lumotchilari bo‘lgan. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Manbalarga ko‘ra, tergovchilarning xulosalari shunday bo‘lgan. Ushbu materialda AQSHning Giyohvand moddalarga qarshi kurash ma’muriyatining bayonoti mavjud bo‘lib, unda gumonlanuvchilardan biri vaqti-vaqti bilan xodimlar uchun “maxfiy ma’lumot” bo‘lgani tasdiqlangan.
Shuningdek, bayonotda aytilishicha, siyosatchi o‘ldirilganidan so‘ng, ushbu ma’lumot beruvchi bo‘lim xodimlari bilan bog‘langan. Ular uni mahalliy hokimiyat organlariga taslim bo‘lishga undagan. Natijada, ko‘rsatilgan ma’lumot beruvchi va yana bir gumon qilinuvchi Gaiti hokimiyatiga taslim bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 7 iyuliga o‘tar tunda Gaiti Prezidenti Jovenel Moiz mamlakat poytaxti Port-o-Prenseda joylashgan Pelerin qarorgohida o‘ldirib ketildi. Hujum paytida mamlakatning birinchi xonimi Martin Moiz ham yaralandi.
Shundan so‘ng, Prezidentini o‘ldirishda gumon qilinganlar qo‘lga olindi.
Hozirda Gaiti Senati (parlamentning yuqori palatasi) o‘z spikeri Jozef Lamberni Respublikaning muvaqqat Prezidenti deb e’lon qilgan.
LiveBarchasi