Gaiti Prezidenti o‘limida gumon qilingan yana 3 kishi ushlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Gaiti Prezidenti Jonevel Moiz o‘limida ayblanayotgan yana 3 gumondor shaxs hibsga olindi. Prezident o‘limida ayblanib, hibsga olinganlarning umumiy soni 26 taga yetdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda

"Respublika Prezidenti Jonevel Moizning o‘ldirilishi yuzasidan tergov o‘tkazilganda 3 kishi qo‘lga olindi. Biz, xususan, ikki politsiya xodimi haqida gapiryapmiz", deydi boshqarma vakili. 

Uning qayd etishicha, yana 7 nafar politsiya xodimi "izolyatsiya" qilingan. Ularni hibsga olish masalasi hali ko‘rib chiqilmagan. 

Joriy yilning 15 iyul kuni Gaiti huquq-tartibot organlari xodimlari 23 nafar Prezident o‘limida gumonlanuvchi shaxslar hibsga olingani haqida xabar berishgan edi. Gumonlanuvchilardan 18 nafari Kolumbiya yollanma askarlari, ikki nafari esa kelib chiqishi gaitilik bo‘lgan, AQSH fuqarolari. 

Eslatib o‘tamiz, Gaiti Prezidenti 7 iyulga o‘tar kechasi shaxsiy qarorgohiga qilingan hujumda o‘ldirilgan. Hujumda uning rafiqasi Martin Moiz ham jarohat olgan. Keyinchalik uning o‘limi to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘lgan, ammo Gaitining Dominikan Respublikasidagi elchixonasi bu xabarlarni rad etgan.  

Shundan so‘ng, Gaitining AQSHdagi elchisi Bokchit Edmond Respublikaning birinchi xonimi Martin Moiz davolanish uchun Mayamiga olib borilishini ma’lum qildi. 

Ma’lumot o‘rnida, Gaiti Senatining (parlamentning yuqori palatasi) spikeri Jozef Lamberni Respublikaning Prezidenti deb e’lon qilingandi.

Shuningdek, Gaiti Prezidenti o‘ldirib ketilganidan so‘ng qo‘lga olingan amerikalik Emmanyuel Sanon esa hokimiyatga kelish rejasini tuzayotgani xabar qilingandi. U o‘zini shifokor va ruhoniy ekanligini ta’kidlab, hokimiyatni egallagunga qadar homiylik qilishi va xavfsizligini ta’minlashi uchun bir necha tadbirkorlar bilan bitim imzolagan.


Maqola muallifi

Teglar

Gaiti

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing