Gadoyev O‘zbekistonning Malayziyadagi yangi elchisi bo‘ldi
Jamiyat
−
30 noyabr 2023
6659Karomidin Gadoyev O‘zbekistonning Malayziyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Karomidin Gadoyev Buxoro viloyatining Kumushkent qishlog‘ida tug‘ilgan.
U Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) geografiya fakultetini tamomlagan. Geografiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega. 1995 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida, jumladan, markaziy apparatda, O‘zbekistonning NATOdagi missiyasi va Bryusseldagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan.
Birinchi darajali maslahatchi diplomatik martabasiga ega.
Karomidin Gadoyev shu kunga qadar TIVning BMT va boshqa xalqaro siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
U 2018–2023 yillarda Kuala-Lumpurdagi diplomatik missiyaga rahbarlik qilgan Ravshan Usmonov o‘rniga keldi. Ravshan Usmonov esa O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangandi.
LiveBarchasi