G7 TIV rahbarlari markaziy osiyolik mavqedoshlari bilan muzokara o‘tkazadi

Olam

image

Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Yoko Kamikava 7-8 noyabr kunlari Tokioda bo‘lib o‘tadigan G7 davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi doirasida Markaziy Osiyodagi mavqedoshlari bilan onlayn muzokaralar tashkil etish niyatida. Bu haqda “Nikkei” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, tomonlar Ukraina atrofidagi vaziyat va G‘azo sektoridagi mojaroni muhokama qilishi kutilmoqda. 

“Muzokarachilar qonun ustuvorligiga asoslangan erkin va ochiq dunyo tartibini yaratish yo‘lida hamkorlik mavzusi bo‘yicha fikr almashishlari mumkin", deyiladi xabarda.

Ta’kidlash joizki, Yaponiya oxirgi paytlarda Markaziy Osiyo davlatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. 2022 yil dekabr oyi boshida Tokioda mintaqa davlatlarining hokimiyat va biznes vakillari ishtirokida Markaziy Osiyo investitsiya forumi (Central Asia Investment Forum 2022) bo‘lib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, G7ga AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada hamda Yevropa Ittifoqi kiradi. 2023 yilda G7ga Yaponiya raislik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Tokioda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti Tashqi ishlar vazirlarining 9-yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi. Unda O‘zbekistonning o‘sha paytdagi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov qatnashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Markaziy Osiyo G7

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing