G7 ning navbatdagi sammiti qachon va qayerda bo‘lishi aytildi

Olam

image

Kelgusi yili G7 raisligiga o‘tadigan Italiya, janubiy Puglia mintaqasida Yevropa parlamenti saylovlaridan keyin liderlar sammitiga mezbonlik qiladi. Bu haqda respublika Bosh vaziri Jorjia Meloni hukumat saytida efirga uzatilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Biz, o‘zingizga ma’lumki, “Katta yettilik” guruhiga raislikni o‘z zimmamizga olmoqdamiz. Tegishli ravishda 9-10 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Yevropa saylovlaridan so‘ng darhol yetakchilar sammitini o‘tkazishni kutmoqdamiz. Uni o‘tkazish uchun biz Pugliani tanladik. Biz dunyo yetakchilarini janubga olib kelamiz”, deb e’lon qilgan Meloni.

Uning ta’kidlashicha, Italiya sammiti kun tartibidagi mavzular orasida O‘rta yer dengizi va Afrika bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19-21 may kunlari Yaponiyaning Xirosima shahrida G7 sammiti bo‘lib o‘tdi. Uning kun tartibida asosiy e’tibor Ukrainadagi urush va Xitoyning o‘sib borishiga qaratildi.


Maqola muallifi

Teglar

sammit Yaponiya Italiya G7

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing