G7 liderlari barcha mamlakatlarni Putinga shart va talab qo‘yishga chaqirdi

Olam

image

Bugun, 11 oktyabr kuni Katta yettilik guruhi davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiya) yetakchilari Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha onlayn rejimda o‘tgan yig‘ilishdan so‘ng, qo‘shma bayonot qabul qildi. Uni Germaniya Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati tarqatdi. 

Katta yettilik davlatlari Rossiyaning Qrim va Sevastopoldan tashqari Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlarini anneksiya qilishga noqonuniy urinishini qoralaydi va so‘zsiz rad etadi. Ular hech qachon Rossiya o‘zini oqlash uchun foydalanadigan soxta referendumlarni tan olmaydi. 

Davlat rahbarlari barcha mamlakatlarni xalqaro huquq buzilishini so‘zsiz rad etishga va Rossiyadan harbiy harakatlarni to‘xtatishni hamda Ukraina hududidan barcha kuch va harbiy texnikasini zudlik bilan, to‘liq va so‘zsiz olib chiqib ketishni talab qilishga chaqirdi. 

G7 Ukrainaning yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi, xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan hududni xalqaro huquq, xususan, BMT Nizomi asosida himoya qilish va uning ustidan to‘liq nazoratni tiklash huquqini tasdiqlaydi. 

“Katta yettilik” Kiyevga moliyaviy, gumanitar va harbiy yordamni keragicha davom ettirish niyatida, shuningdek, Kiyevga qishga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berishga tayyor. 

Rahbarlarning fikricha, Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun mamlakatni qayta qurish, jumladan, Rossiya mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi kerak. 

“Katta yettilik” guruhi a’zolari “urushdan keyingi hayotiy tinchlik kelishuviga erishish uchun biz tegishli davlatlar va institutlar hamda Ukraina bilan kelishuvlarga erishishga tayyormiz”, deb ishontirdi. Bu kelishuvlar barqaror xavfsizlik majburiyatlari bilan bir qatorda Ukraina o‘zini himoya qila olishi, erkin va demokratik kelajakni ta’minlay olishi hamda Rossiyaning kelajakdagi tajovuzini to‘xtata olishi kafolatlariga tegishli. 

“Katta yettilik” Rossiyani jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish zarurligini e’lon qildi. 

Ittifoqdoshlar Minskni Ukrainada maxsus operatsiya o‘tkazishda Moskvaga yordam berishni to‘xtatishga chaqirdi.

Shuningdek, liderlar, Ukrainada kimyoviy, biologik yoki atom qurollaridan foydalanish jiddiy oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirgan. 

G7 “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” quvurlariga qasddan zarar yetkazilganidan chuqur xavotir bildirdi va ular muhim infratuzilmani ataylab yo‘q qilinishini keskin qoralashlarini va davom etayotgan tergovlarni olqishlashlarini ko‘rsatdilar. 

Bayonotda ta’kidlanishicha, mamlakatlar Rossiya tajovuzining global iqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sirini bartaraf etish uchun, shu jumladan, G7 mamlakatlarida va undan tashqarida energiya xavfsizligi va arzonligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish orqali yaqin muvofiqlashtirilgan holda harakat qiladi. 

G7 davlatlari MAGATEning Zaporoje AESning xavfsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan harakatlarini qo‘llab-quvvatlashlarini, shuningdek, Rossiyaning ZAESdagi xatti-harakatlarini va uning xodimlariga ko‘rsatilayotgan bosimni qoralashlarini ma’lum qilishdi. Bu vaziyatning yanada mas’uliyatsiz keskinlashuvidir va davlatlar uning harakatlari oqibatida yuzaga kelgan har qanday hodisa uchun Rossiyani javobgarlikka tortish niyatida.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy G7 davlatlari yetakchilari bilan onlayn maslahatlashuv chog‘ida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazmasligini yana bir bor aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin G7

Baholaganlar

177

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing