G20 yig‘ilishida Blinken va Lavrov to‘qnashdi
Olam
−
02 mart 2023
17156AQSH va uning Yevropadagi ittifoqchilari bugun, 2 mart kuni Yangi Dehlida bo‘lib o‘tgan G20 Tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida Ukrainadagi urush yuzasidan Rossiya bilan bahslashdi va raqib tomonlar bir-birini dunyoni beqarorlashtirishda aybladi.
Qayd etilishicha, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov umumiy yig‘ilishlar orasida taxminan 10 daqiqa gaplashgan, biroq hech qanday muzokara yoki uchrashuv o‘tkazilmagan. Blinken Rossiyani START yadroviy shartnomasi bo‘yicha qarorini bekor qilishga chaqirgan. Shuningdek, u Lavrovga Vashington Ukrainani qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytgan. Qo‘shma Shtatlar va uning Yevropadagi ittifoqchilari G20 davlatlarini ikkinchi yilga qarab ketgan Ukrainadagi urushga barham berish uchun Moskvaga bosimni davom ettirishga chaqirgan.
“Biz xalqaro tinchlik va iqtisodiy barqarorlik uchun Rossiyani bosqinchilik urushini to‘xtatishga va Ukrainadan chiqib ketishga chaqirishda davom etishimiz kerak. Afsuski, bu uchrashuv yana Rossiyaning Ukrainaga qarshi asossiz urushi bilan kechdi”, degan Blinken yopiq eshiklar ortida o‘tgan uchrashuvdan so‘ng e’lon qilgan bayonotida.
O‘z o‘rnida, Rossiya G‘arb delegatsiyalarini G20 kun tartibidagi ishlarni “fars”(qo‘pol kulgili dramatic asar)ga aylantirganlikda ayblab, o‘zlarining iqtisodiy muvaffaqiyatsizliklari uchun javobgarlikni Moskva zimmasiga yuklamoqchi ekanini aytgan.
“Bir qator G‘arb delegatsiyalari G20 kun tartibidagi ishlarni “fars”ga aylantirib, iqtisodiyotdagi muvaffaqiyatsizliklari uchun javobgarlikni Rossiya Federatsiyasiga yuklamoqchi. YeI vakillari buning teskarisiga qanchalik ishontirmasin, G‘arb Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun to‘siqlar yaratadi”, degan Rus diplomatiyasi rahbari.
Shuningdek, Lavrov G‘arbni Ukrainaning janubiy portlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishga yordam beruvchi Qora dengiz g‘allasi tashabbusini “uyatsizlarcha ko‘mib tashlaganlikda” ayblagan.
Bu yil blokka raislik qilayotgan Hindistonning Bosh vaziri Narendra Modi esa ishtirokchilarni bir-biridan ajratib turuvchi jihatni emas, balki ularni birlashtiruvchi jihatni izlashni maslahat bergan
Ma’lumot uchun, G20 iqtisodiy guruh bo‘lib, unga G7 davlatlari, shuningdek, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Braziliya, Avstraliya va Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar kiradi.
LiveBarchasi