G20 yetakchilari 1 trillion daraxt ekishga va’da berdi

Olam

image

Joriy yilning 30-31 oktyabr kunlari Rimda bo‘lib o‘tgan sammit yakuniy deklaratsiyasiga ko‘ra, G20 yetakchilari 2030 yilgacha Yer sayyorasida 1 trillion daraxt ekishni maqsad qilib qo‘ydi.  

“Biz birgalikda 1000 milliard daraxt ekish, bunda dunyoning eng buzilgan ekotizimlariga e’tibor qaratish kabi ulug‘vor maqsadni birlashtiramiz. Biz boshqa mamlakatlarni 2030 yilgacha ushbu global maqsadga erishish uchun G20 bilan kuchlarni birlashtirishga chaqiramiz”, deyiladi deklaratsiyada. 

Avvalroq, Birlashgan Millatlar tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish G20 sammiti uning umidlarini oqlamaganini ma’lum qilgandi. 

Ma’lumot uchun, 31 oktyabrdan 12 noyabrgacha Glazgo shahrida Buyuk Britaniya tomonidan Italiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilarining 26-konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda 200 ga yaqin davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

sammit daraxt ekologiya

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing