G20 sammitida Afg‘oniston qutqarilmasa, Markaziy Osiyoni nimalar kutayotgani ma’lum qilindi

Olam

image

Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatilishi mamlakatda gumanitar falokat, shuningdek boshqa davlatlarga muhojirlar oqimi oldini olish uchun zarur. Italiya hukumati favqulodda o‘tkazilgan G20 sammitida shunday bayonot berdi.

“Gumanitar yordam, gumanitar halokat va buning oqibatida, Afg‘onistondan mintaqa va undan tashqaridagi mamlakatlarga muhojirlarning nazoratsiz oqimi yuzaga kelishining oldini olish uchun zarur”, deyiladi xabarda.

G20 davlatlari rahbarlarining ta’kidlashicha, gumanitar yordam, ayniqsa, afg‘on xalqining zaif qatlamlari uchun muhim ahamiyatga ega. Xususan, bolalar va ayollar uchun.

Bu masala nafaqat BMT, SHHT, Osiyoda o‘zaro hamkorlik va ishonch choralari kengashi Donishmandlar kengashi va boshqa yirik xalqaro platformalar doirasida, balki mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama muzokaralarda ham ko‘tarilmoqda. Masalan, O‘zbekiston Hindiston, Pokiston, Eron, Xitoy, Germaniya va boshqa davlatlar bilan Afg‘oniston mavzusini faol muhokama qilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston turli darajalarda Afg‘onistonda hokimiyatga kelgan "Tolibon" harakati bilan muzokaralar olib bordi. Xususan, Surxondaryo va Balx viloyatlari rahbarlari uchrashib, hamkorlikka kelishib oldi. Shundan so‘ng, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston TIV rahbari vazifasini bajaruvchi Amirxon Mottakiy bilan uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

630

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing