FVV vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aliboyev Xurshid Norqozoqovich O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Ma’lumot uchun, Aliboyev Xurshid 1982 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2003 yili O‘zbekiston Milliy universitetini, 2015 yili Rossiya Federatsiyasi Fuqaro muhofazasi akademiyasini tamomlagan.

Shuningdek, polkovnik Sanjar Tohirovich O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i lavozimiga tayinlangan

Bunga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Bundan tashqari, polkovnik Muhtor Yashnarovich Muhiddinov O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

FVV o'rinbosarlar vaziri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing