FVV tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image

Kecha, 14 sentyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining markaziy apparati hamda hududiy tuzilmalarida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Polkovnik Zulfiqor Pardaqulivich Qilichov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi hamda fuqaro muhofazasining tashkiliy ta’minoti va rejalashtirish bosh boshqarmasi Radiasion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Tayinlovga qadar Zulfiqor Qilichov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Safarbarlik boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Polkovnik Fayzullo Abdullayevich Azizov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shu kunga qadar polkovnik Fayzullo Azizov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika moddiy-texnik ta’minot markazi boshlig‘ining o‘rinbosari -Ta’minot bazasi boshlig‘i lavozimida mehnat qilgan.


                                                                                                   
Podpolkovnik Xurshid Ergashevich Sadirov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tashkiliy-tahlil boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Ushbu lavozimga qadar u avval Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi Favqulodda vaziyatlarni bashoratlash va monitoring bo‘limi boshlig‘i vazifasida xizmat qilgan.

Avvalroq, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Abdurazzoq Abduxoliqov boshlig‘ etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

FVV

Baholaganlar

72

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing