FVV Sirdaryodagi suv toshqini bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etdi

Jamiyat

image
“Sardoba xronologiyasi” – Kecha Sirdaryoning boshidan nimalar o‘tdi? north_east

“Sardoba xronologiyasi” – Kecha Sirdaryoning boshidan nimalar o‘tdi?

Xabaringiz bor, 1 may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv omboridan suv chiqishi oqibatida suv toshqini yuz bergan, oqibatda katta hudud suv ostida qolgan edi. Shu sabab o‘sha hududlarda yashovchi aholi zudlik bilan evakuatsiya qilingan, keyinchalik ham vertolyotlar yordamida u yerda qolib ketgan odamlar qutqarilgan edi. Shundan so‘ng hukumat komissiyasi tuzildi, Prezident Shavkat Mirziyoyev voqea joyiga tashrif buyurib, ofatni bartaraf etishga oid zarur ko‘rsatmalarni berdi. Ayni damda toshgan suvni tortib olish va boshqa texnik ishlar olib borilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, favqulodda vaziyat o‘chog‘iga jami 1200 dan ortiq maxsus-muhandislik texnikasi safarbar etilgan. 

Bundan tashqari, 80 dan ortiq yong‘in o‘chirish mashinasi, 100 dan ortiq motopompa yordamida bilan suv tortib olindi.

“Suv bosgan hududning katta qismida suv kamaydi”, deyiladi vazirlik matbuot xizmati taqdim etgan ma’lumotda.

Ta’kidlanishicha, xavfsiz deb topilgan joylarga fuqarolar qaytishni boshlagan.    


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo suv toshqini

Baholaganlar

410

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing