Sardoba suv omborining toshishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi. Aripov Sirdaryoga yetib bordi

Jamiyat

image

Avvalroq, bugun, 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan  “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgani haqida xabar bergan edik. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. FVV hodisa bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, ayni vaqtda Oqoltin tumani “Abdualim” MFY aholisini evakuatsiya qilish ishlari boshlangan.

Voqea joyiga O‘zbekiston Hukumati rahbari Abdulla Aripov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya (MG) va boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlari yetib borib, evakuatsiya tadbirlarini tashkillashtirish, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirib bormoqdalar.

Mazkur tadbirlarga Sirdaryo viloyati FVBdan 430 shaxsiy tarkib va 5 avtotexnika, Jizzax viloyati FVBdan 120 shaxsiy tarkib, 6 ta avtotexnika, MVBRQMdan 60 shaxsiy tarkib, 6 ta avtotexnika, MGdan 276 shaxsiy tarkib, 43 avtotexnika hamda hududiy FVDT xizmatlari jalb etildi.

Jabrlangan va halok bo‘lganlar bo‘yicha ma’lumot kelib tushmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo suv toshqini Sardoba

Baholaganlar

943

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing