FVV rahbariga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
28 mart
4950Bugun, 28 mart kuni Prezident qarori bilan Rustam Shuhratovich Jumayev Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari – Moliya, ta’minot va qurilish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Rustam Shuhratovich Jumayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining turli lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq 2022 yildan beri favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘lib ishlab kelgan general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev qurilishga ruxsat berish, binoni topshirishda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha byurokratiya va qonun buzilish ko‘payib ketgani uchun ishdan olingandi.
Uning o‘rniga Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Qolaversa, Prezidentning farmoni bilan unga general-mayor unvoni ham berildi.
Keyinchalik, Xurshid To‘lqinboyevich Sotiyev FVV rahbari o‘rinbosari – Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi , Nuriddin Bahriddinovich Qodirov esa FVV rahbarining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
LiveBarchasi