To‘qayev bosh qo‘riqchisini vazir etib tayinladi
Olam
−
06 fevral
157652022 yildan beri Qozog‘iston Prezidentining xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilib kelayotgan Chingiz Arinov mamlakatda hukumat iste’foga chiqishi va yangi hukumat shakillantira boshlangani fonida Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
“Chingiz Sayranovich Arinov Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlansin”, deyiladi davlat rahbari farmonida.
Bungacha Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari lavozimini Sirim Sharipxonov egallab kelgan.
Ma’lumot uchun, Chingiz Arinov 1983 yil 29 oktyabrda Olmaotada tug‘ilgan. U Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetini tamomlagan.
Arinov ilgari Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmasida ishlamagan. U 2006 yildan 2022 yilgacha Qozog‘iston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatida turli ofitser va boshqaruv lavozimlarida xizmat qilgan. Keyinchalik u Qozog‘iston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbarining o‘rinbosari – Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti xavfsizlik xizmati rahbari bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 fevral kuni Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqqan edi. 2022 yilning yanvaridan beri Bosh vazir lavozimida ishlab kelayotgan Alixon Smailov hukumat iste’foga chiqqanidan so‘ng Qozog‘iston xalqiga murojaat qilib, o‘z faoliyati natijalarini sarhisob qildi. Uning o‘rnini esa “Amanat” partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Oljas Bektenov egalladi. Bektenov Prezident Administratsiyasi rahbari edi. U Bosh vazir bo‘lgach, uning o‘rnini Oybek Dadeboyev egalladi.
LiveBarchasi