FVV ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini sumalaklar va tomdan tushishi mumkin bo‘lgan muz bo‘laklaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Vazirlik quyidagi xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirgan:

  • “Qor massalari, sumalak va muzlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan tomlari baland uylarga yaqinlashmang va bolalarning bunday joylarda o‘ynashi va bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang;
  • Agarda xavfli joyda panjarasi, ogohlantiruvchi belgilari mavjud bo‘lsa, ulardan o‘tishga urinmang, xavfli joyni boshqa yo‘l bilan aylanib o‘ting;
  • Quloqchin taqqan holda ko‘chada yurmang, tomdan tushayotgan qor massalari shovqinini eshitmasligingiz mumkin;
  • Piyodalar yo‘lakchasi bo‘ylab harakatlanayotganda, yuqori qavatlarda shubhali shovqinni eshitsangiz, to‘xtamasligingiz kerak, boshingizni ko‘taring va u yerda nima bo‘lganini o‘ylab ko‘ring. Ehtimol, bu qor massalari yoki sumalak va muzlar tushayotgan bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda qochib keta olmaysiz, imkon qadar tezroq bino devoriga yopishish kerak, bu xavfsiz bo‘lishga xizmat qiladi;
  • Avtotransport vositalarini tomi baland binolar yoki tepasida qor massalari, sumalak va muzlar bo‘lgan inshootlar yaqiniga qo‘ymang;
  • Agar odam tomdan tushgan qor massalari, sumalak va muzlar tufayli jarohatlansa, darhol tez yordam chaqirish kerak”, deyiladi vazirlik xabarida.

Aliqulov Javohir


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

FVV ogohlantirish muz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing