Tinchlik bo‘lmasa, 200 foizlik boj: Tramp Rossiya va Ukrainani ogohlantirdi
Olam
−
10:17 854 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp tinchlik kelishuviga erishilmasa, Rossiya va Ukrainaga 200 foizlik boj joriy etish mumkinligini aytdi. Bu haqda u Florida shtatidagi Fort-Mayers shahrida respublikachilarning saylovoldi mitingida so‘z ochdi.
Uning aytishicha, bojlar AQSHga 8 ta urushni yakunlashda yordam bergan va shu usulni Rossiya hamda Ukrainaga nisbatan ham qo‘llash mumkin.
“O‘ylashimcha, bu usulni Ukraina va Rossiyaga nisbatan ham darhol qo‘llashimiz kerakdir. Bu haqda avval o‘ylamagan ekanman. Biroq bu ham samara bermasligi mumkin, chunki biz ulardan ko‘p narsa sotib olmaymiz“, degan Tramp.
Oq uy Tramp yakunlanganini da’vo qilayotgan sakkizta mojaro qatoriga Armaniston va Ozarbayjon, Tailand va Kambodja, Isroil va Eron, Isroil va HAMAS, Ruanda va Kongo Demokratik Respublikasi, Hindiston va Pokiston, Serbiya va Kosovo, shuningdek, Misr va Efiopiya o‘rtasidagi mojarolarni kiritadi. Ularning barchasi ham harbiy to‘qnashuv bo‘lmagan.
Tramp shu hafta boshida Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishish imkoniyati har qachongidan ham yaqin bo‘lishi mumkinligini aytgandi. U Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashganini va tomonlar yechimga yaqinlashayotganini bildirgan.
Joriy yilning 21 oktyabr kuni esa Putin Sankt-Peterburgda Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashdi. Uch soatdan ortiq davom etgan muzokaralarda Ukraina urushini hal qilish masalasi ham muhokama qilindi. Uitkoff Rossiya rahbariga tinchlik bo‘yicha takliflarni yetkazdi.
Shuningdek, uchrashuvdan so‘ng Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Moskva noyabr oyining birinchi yarmida AQSH va Ukraina bilan uch tomonlama muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp “Grem qonuni“ bo‘yicha kiritilishi kerak bo‘lgan Rossiyaga qarshi yangi “do‘zaxiy“ sanksiyalarni muzlatish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.
Live
Barchasi23 Oktyabr