FVV qor ko‘chkisidan ogohlantiryapti
O‘zbekiston
−
20 Yanvar 2020 6103 1 daqiqa
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi mamlakatning “Chimyon” tog‘ regionida ko‘chki xavfi yuzaga kelganini ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, “Chimyon” hududida 20 yanvar soat 08:00 dan 21 yanvar soat 08:00 gacha qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.
“Hurmatli dam oluvchilar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va “Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud” belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni iltimos qilamiz”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi