Qashqadaryoda chaqaloq sotayotgan tug‘uruqxona xodimlari ushlandi

Jamiyat

image

2020 yilning 20 mart kuni Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i nomiga shu shaharda istiqomat qiluvchi E.N. tomonidan ariza kelib tushadi. Unda Nishon tumani tug‘uruq kompleksida navbatchi doya lavozimida ishlovchi Sh. ismli ayol bir hafta oldin tug‘ilgan chaqaloqni sotmoqchi ekanini bildirilgan edi. 

IIO FMB xodimlari tomonidan tezkor tadbirga tayyorgarlik ko‘riladi. Shu kuni soat 15:00 larda Qarshi shahar, “Samarqand” MFY, Islom Karimov ko‘chasida joylashgan 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ro‘parasida, Nishon tuman tug‘uruqxonasida doya bo‘lib ishlovchi X.Sh. va shu tumanning G‘afur G‘ulom MFYda yashovchi Ch.G. uchrashadi. Ular  2020 yil 13 mart kuni Nishon tumani tug‘ruqxonasida tug‘ilgan qiz chaqaloqni tadbirda xaridor sifatida ishtirok etgan E.N.ga 4.000.000 so‘m pul evaziga bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinadi. 

“Holat yuzasidan olib borilgan dastlabki surishtiruvlar davomida X.Sh. Ch.G. ning qizi B.Ch.ni Nishon tumani tug‘uruq kompleksi mudiri Nishon tumanida yashovchi S.N. bilan birga 5.000.000 so‘mga sotib, Ch.G.ga tug‘ish harajatlarini berishmoqchiligini bildirgan”, deyiladi xabarda.

X.Sh.ning ko‘rsatmasiga asosan Qarshi shahar IIO FMB xodimlari tomonidan tezkor tadbir davom ettiriladi. 2020 yilning 25 mart kuni soat 20:30 larda Nishon tumanida joylashgan bekatda navbatchi doya X.Sh. mudir S.N. bilan uchrashib, unga qiz chaqaloqni sotishdan tushgan 4.000.000 so‘m pullarni bergan vaqtida ushlanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.Sh. va boshqalarga nisbatan O‘z.R JKning 135-m. 3-q “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

203

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing