FVV haydovchilarni ogohlantirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Gidrometeorologiya xizmati tomonidan bergan ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 21-25 noyabr kunlari A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik pasayashi, shamol tezligi kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, yaxmalak hosil bo‘lishi haqida xabar bergan edik.

Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi, yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, “Qamchiq” dovoni hududida harakatlanishdan oldin quyidagi mutaxassis tavsiyalariga e’tibor qaratilishini so‘radi:

•    avtomobillarning texnik holatini to‘liq ko‘zdan kechirish; 

•    dovon orqali yetarli darajada yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan harakatlanish;

•    avtotexnikalarning qish mavsumida harakatlanish uchun maxsus shinalar bilan almashtirish;

•    haydovchilarning “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni yanada oshirishlari va yo‘llarda to‘xtab dam olishlari;

•    viloyatlararo yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, firmalar, xususiy tadbirkorlar tomonidan haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi. 

“Qamchiq” dovoni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin: 

“Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismi: (95) 146-87-08, (70) 662-72-49, (71) 212-70-07, (99) 837-29-38,  10-50.


Maqola muallifi

Teglar

FVV Qamchiq

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing