FVV haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

Qamchiq dovonida ertaga, 22 yanvar kuni qor yog‘ishi kutilayotgani sababli FVV haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, ko‘ruvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Yo‘lda qor uyumlari, yaxmalak hosil bo‘lishi mumkin.

Vazirlik ushbu yo‘nalish bo‘yicha harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

FVV Qamchiq

Baholaganlar

209

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing