Futzal: Tojikiston terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqdi
Sport
−
24 aprel
9150Tailandda o‘tkazilayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari tobora qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Bugun, 24 aprel kuni qit’a birinchiligida chorak final o‘yinlari start oldi.
Mazkur bosqichda Markaziy Osiyo derbisi bo‘lib o‘tdi. Tojikiston terma jamoasi afg‘onistonlik futzalchilar bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida zafar quchdi va shu yili O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Qayd etish joiz, tojikistonlik futbolchilar o‘z tarixida birinchi marta mundial yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Tojikiston terma jamoasi turnir yarim finalida Tailand-Iroq juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. O‘yin 26 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 24 aprel Xose Venansio Lopes murabbiyligidagi O‘zbekiston futzal terma jamoasi ham chorak final o‘yinini o‘tkazishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi