Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi

Sport

image

Bugun, 6 yanvar kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida joylashgan Osiyo futbol konfederatsiyasi shtab-kvartirasida futzal bo‘yicha Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralash bahslarining “V” guruhidan o‘rin oldi. Bahodir Ahmedov shogirdlari ushbu kvartetda Tojikiston, Afg‘oniston va Nepal futzalchilariga qarshi bahs olib borishadi.

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi saralash bahslari:

“A” guruhi:

Eron, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Maldiv orollari.

“V” guruhi:

O‘zbekiston, Tojikiston, Afg‘oniston, Nepal.

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichining ilk uchrashuvini Nepalga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

1-tur: O‘zbekiston – Nepal;
2-tur: Afg‘oniston – O‘zbekiston;
3-tur: O‘zbekiston – Tojikiston.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasining guruh bosqich saralash uchrashuvlari joriy yilning 1-15 aprel kunlari Qirg‘iziston mamlakati poytaxti Bishkek shahrida o‘tkaziladi. O‘z guruhida dastlabki ikki o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoalar esa Quvayt davlati mezbonlik qiladigan Osiyo kubogiga yo‘l oladi.

Ma’lumot uchun, 16 terma jamoa ishtirok etadigan futzal bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari joriy yilning 25 sentyabridan 20 oktyabriga qadar Quvayt mamlakatida o‘tkaziladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo kubogi O'zbekiston MTJ Bahodir Ahmedov Futzal

Baholaganlar

16

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing