Futzal: Bugun O‘zbekiston Vetnam bilan o‘ynaydi
Sport
−
24 aprel
4401Bugun, 24 aprel kuni Tailandda o‘tkazilayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogining chorak final o‘yinlari boshlanadi. Mazkur bosqichda O‘zbekiston terma jamoasi vetnamlik futzalchilarga qarshi maydonga tushadi.
“B” guruhida yuz foizlik natija qayd etib, pley-off bosqichiga yo‘l olgan Xose Venansio Lopes shogirdlari “A” guruhida 2-o‘rinni egallagan Vetnam to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda Eron-Qirg‘iziston juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston va Vetnam futzalchilari bungacha 2018 yil Xitoy Taypeyida o‘tkazilgan Osiyo kubogi chorak finalida to‘qnash kelgan. O‘sha uchrashuvda o‘zbekistonlik futzalchilar 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Vetnam bahsi soat 19:00 da start oladi. O‘yinga “Bangkok” Arena mezbonlik qiladi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr