Futboldagi adolatsizlikdan “portlagan” “Turon” bosh murabbiyi va prezidentiga chora ko‘rildi
Sport
−
16 mart 2021
16973O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, bir necha rasmiylarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi, deb xabar berdi O‘FA Matbuot xizmati.
O‘zbekiston Superligasi 2-turi doirasida “Turon” klubi murabbiyi Islombek Ismoilov “So‘g‘diyona” klubiga qarshi bahsdan keyingi rasmiy flesh-intervyu chog‘ida so‘kingan holda, etika normalarini buzganligi uchun Tartib-intizom qo‘mitasi unga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizomiy chorasini belgiladi.
Shuningdek, “Turon” klubi prezidenti Abduvahob Ahmadaliyev “So‘g‘diyona” klubiga qarshi bahsdan keyingi flesh-intervyu chog‘ida o‘z fikrlarini qo‘pol tarzda bildirgani uchun Tartib-intizom qo‘mitasi unga nisbatan jarima intizomiy chorasini belgiladi.
Avvalroq, “So‘g‘diyona” - “Turon” bahsini boshqargan hakam o‘yin vaqtida bir nechta vaziyatda qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘yib, noto‘g‘ri qarorlar qabul qilgani uchun nomuayyan muddatga futboldan chetlatilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi