Futbolda penalti tepish qoidalari o‘zgarishi mumkin

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) penalti tepish bilan bog‘liq qoidalarga o‘zgarishlar kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, yangi taklif qilingan qoidaga asosan, agar darvozabon penaltini qaytarsa, to‘pning qaysi yo‘nalishda maydonga tushishidan qat’i nazar, o‘yin to‘xtatiladi va darvoza oldidan erkin zarba tayinlanadi. Ya’ni, qaytarilgan to‘p o‘yinda deb hisoblanmaydi – xuddi penaltilar seriyasidagi kabi.

Agar bu qoida kuchga kirsa, penalti vaqtida jarima maydoni atrofida hech qanday futbolchi turmaydi. To‘p darvoza chizig‘idan o‘tsa gol, aks holda esa darvozabon jamoasi topga egalik qiladi va uni erkin zarba orqali o‘yinga kiritadi.

Shu bilan birga, hozircha to‘p ustun yoki to‘singa tegib maydonga qaytganda o‘yin qanday davom ettirilishi haqida aniq izoh berilmagan.

Yangi qoidani amalga joriy etish uchun Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) tomonidan ma’qullanishi kerak. Agar IFAB’ning yillik yig‘ilishida ushbu taklif qabul qilinsa, avval tajriba tariqasida sinovdan o‘tkaziladi. Faqat shundan keyingina u barcha uchun umumiy qoida sifatida joriy qilinishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino Nyu-Yorkda Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) rahbari Alexandro Dominges va Janubiy Amerikaning bir necha futbol federatsiyalari prezidentlari bilan uchrashib, erkaklar o‘rtasidagi 2030 yilgi Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 64 taga kengaytirish taklifini muhokama qilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA penal'ti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing